Nega MIT professori ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini bilasizmi?
Gap siz bilgan Diqqat kitobi muallifi Kel Nyuport haqida
"Ushbu tashvishli muammolar toʻplami, ya'ni qurilmalardan haddan tashqari koʻp va qaram boʻlib foydalanish, ularning insonlar erkinligini kamaytirishi, baxtlilik hissini pasaytirishi, yomon instinktlarni qoʻzgʻatishi hamda qimmatli vaqtini foydali narsalarga sarflashdan to'sib qo'yishi - madaniyatimizda hukmronlik qilayotgan texnologiyalar bilan boʻlgan murakkab munosabatlariga koʻzimni ochdi. Va men bu mavzuni chuqurroq o'rganishga kirishdim deydi Nyuport o'zining "Raqamli minimalizm" kitobida
Insonlar ijtimoiy tarmoqlarning zararlarini tushunib yetishni boshlagach, raqamli detoxga o'tishni boshlashdi. Ijtimoiy tarmoqlar zarari haqida Bill Maher Real Time'da shunday deydi: Ijtimoiy tarmoqlar ortidan biznes qilayotganlar o'zlarini yaxshi dunyo qurishni istaydiganlar sifatida ko'rsatishdan to'xtashsa va yosh bolalarni giyohvandlikka o'rgatayonganlarini tan olishsa bo'lardi. Ahir har 15 daqiqada like lar sonini tekshrish sigaretga o'rganib qolishdek gap emasmi?
Ijtimoiy tarmoqlar bilan muammoyim yo'q deydigan insonlar oddiygina instagramdagi like tugmachasi qanday ishlashini tushinishsa bo'lardi.
Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega endi yurakcha, va nega aynan qizil rangda, eng qizig'i nega u clickable? Biz bularga to'xtalib o'tmaymiz, description qismida o'zingiz o'rganishingiz uchun barcha resurslarni qoldiramiz. Muhimi mohiyatini tushundingiz. Ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan cheksiz ma'lumotlar oqimi, algoritmlarni bizni fiziologiyamizga ulkan ta'sirlari bor. Biz butunlary ulardan voz kecha olmasakda, ulardan ma'lum miqdordan dam olib turishimiz - ya'ni detox qilishimiz mumkin. Bu vaziyatni ma'lum miqdorda yengillashtiradi.
Endi eng muhim savol, qanday qilib detox qilamiz. 1 . Maqsadingizni aniqlab oling, nega detox qilmoqchisiz, agar bu aniq bo'lmasa, detoxni buzishingiz mumkin. Bu yaqinlaringiz bilan vaqt o'tkazish, o'zingiz bilan yolg'iz qolib, tafakkur qilish yoki shunchaki o'zingiz yoqtirgan ishlar bilan xotirjam shug'ullanish kabilar bo'lsihi mumkin.
- Maqsadingizga qarab nimani cheklamoqchi ekaningizni tanlaboling, balki butunlay qurilmalaringizdan ma'lum muddtag voz kecharsiz, balki faqat ijtimoiy tarmoqlardan.
- Aniq muddat belgilab oling, doimiy detoxda yurish nereal holat, imkoningiz bo'lsa 1 haftadan 3 kungacha, agar iloji bo'lmasa, oyda 1-2 kun, yoki dam olish kunlari, yoki dam olish kunlariniing yarmida detox qiling. Va tayyor, endi siz detoxer siz! Tadqiqotlarga ko'ra detox natijasida insonlarda stress kamaygan, diqqatni jamlashlari osonroq kechgan, uyqu sifati oshgan, kayfiyatlari stabillashgan va boshqalar bilan munosabatlari yaxshilangan.
