Hook:
Bir yilda qanday qilib 37% yaxshiroq inson bo’lish mumkin? Odatlar qurish haqida gaplashamiz.
Intro:
Salom, bugun Jeyms Klir g’oyasi asosida qanday qilib yaxshi odatlar qurish va yomon odatlardan voz kechish haqida gaplashamiz. Videoni ohirigacha tomosha qiling, biz esa boshladik.
Point 1:
Bir o‘ylab ko‘ring: kundalik qiladigan ishlarimizning katta qismi avtomatik tarzda takrorlanadigan odatlardan iborat. Ba’zi odatlar foydali, ba’zilari esa aksincha, ortga tortadi. Aslida, inson — bu uning takrorlayveradigan ishlari yig‘indisi. Xo’sh, qanday qilib biz uchun foydali bo’lgan va bizga yaxshiroq bo’lishimizga yordam beradigan ishlarni avtomatik qilishimiz mumkin?
Buning uchun bizga Jeyms Klirning Atom odatlari kitobi yordamga keladi.
Kitobning bosh g‘oyasi shuki, eng kichkina qadamlar ham hayotda ulkan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun muallif ularni “atom odatlar” deb ataydi — kichkina, lekin mustahkam ishlar tizimi. Tasavvur qiling, har kuni atigi 1% yaxshilansangiz, bir yil oxirida oddiygina yaxshilanish emas, balki 37 barobar yaxshi natija ko‘rasiz.
Ammo boshlashdan oldin “muvaffaqiyat” deganda aslida nimani tushunamiz, o‘ylab ko‘raylik. Biz ko‘pincha maqsadning oxirgi natijasiga qaramiz: marafonda g‘olib bo‘lish, lavozimga chiqish yoki belgilangan vaznga erishish. Lekin bu yondashuv jarayonni e’tibordan chetda qoldiradi.
G‘olib ham, yutqazgan ham bir xil maqsadga ega: g‘alaba qozonish. Farq esa ularning tizimida. G‘oliblar bitta musobaqa uchun emas, balki har kuni yugurish odatlarini yaxshilashga e’tibor berishgan. Klir “Siz maqsadlaringiz darajasigacha ko‘tarilmaysiz, tizimlaringiz darajasigacha tushasiz.” deydi. Ya’ni Kichkina, doimiy odatlar ustida ishlang — katta natijalar o‘zi keladi.
Point 2:
Endi keling, odatlar qanday shakllanishi haqida gaplashamiz.
Klirning fikricha odatlar paydo bo’lishi sikl ko’rinishida bo’lib, 4 ta bosqichdan iborat. Ya’ni avval stimul(ya’ni bizda xohish uyg’otadigan trigger) paydo bo’ladi, keyin xohish uyg’onadi, so’ng harakat bajariladi va ohirichi mukofotga erishiladi. Eng qizig’i yaxshi odatlar ham yomonlari ham tahminan shunday shakllanadi.
Misol uchun: dars qilayapsiz, birdan zerikdingiz.
Zerikish —bu stimul.
Ko‘ngilochar narsaga ehtiyoj sezishingiz esa —
istak.
Telefonga qo‘l cho‘zib, ijtimoiy tarmoqlarga kirishingiz —harakat
.
Olingan qisqa chalg‘ish esa —
mukofot.
Bir necha marta takrorlasangiz,
