Har 10 kishidan 7 nafari o'zi istamagan ishga "ha" deb qo'yib, keyin pushaymon bo'larkan. Agar siz ham ulardan biri bo'lsangiz, videoni ohirigacha ko'ring.
Bugungi videoda biz "yo'q" deya olishning kuchi haqida gaplashamiz. Nega ko'pchilik bu oddiy so'zni aytishga qiynaladi? Bu muammo odamlarga qanday qiyinchiliklar tug'diradi? Va eng muhimi, qanday qilib "yo'q" deyishni o'rganish mumkin? Video davomida shu kabi savollarga javob topamiz.
Keling, ishni bu muammoning ildizidan boshlaymiz. Tadqiqotlarga ko'ra, juda ko'plab insonlar "yo'q" deyishdan qochishar ekan. Psixologiyada bu holat "yaxshi odam sindromi" (nice person syndrome) deb ataladi. Bu, asosan, boshqalarni xafa qilishdan qo'rqish, rad etilish yoki o'zaro munosabatlarni buzishdan xavotir olish bilan bog'liq.
Iqtisodiyotdan ma'lumki, bizning energiyamiz, vaqtimiz scarce ya'ni tugab qoladigan resursdir. Biz qarindoshimizning uyidagi ta'mirlashga ha derkanmiz, o'z uyimizdagi ta'mir ishlari qolib ketgani kabi, boshqalarga ha deb, ko'p hollarda o'zimizga yo'q deb qo'yamiz. Yaxshi odam bo'lish yaxshi, lekin bizning ha miz, o'zimizga yo'q bo'lib, bizga ziyon keltirmasligi kerak.
Amerikalik Psixologlar Assotsiatsiyasining (APA) tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, doimiy "ha" deyish stress, charchoq va o'z qadriyatiga bo'lgan hurmatning pasayishiga olib keladi. O'z qadriyatlariga ega bo'lmagan inson esa jamiyatda hurmat topishi mushkul hol.
Bundan tashqari, Psixolog Vanessa Bonnay o'z tadqiqotlarida ko'plab odamlar ijtimoiy bosim sababli istamagan ishlarini qilishga rozi bo'lishini aytadi. Natijada, ular o'z vaqtini, energiyasini va hatto shaxsiy hayotini qurbon qilarkan.
Endi esa masalaning ikkinchi tomoniga qaraylik. Yo'q deya olmaslikning zararli-ku tushunarli:stress, o'zimizga yo'q deyish, resurslarimiz qurbon bo'lishiga olib kelarkan, xo'sh, "Yo'q" deyishni bilganlar qanday foydalar oladi deb o'ylaysiz?
Birinchidan, Ular o'z vaqtini nazorat qiladi. Bu ularga eng muhim vazifalarga e'tibor qaratishga va o'z maqsadlariga tezroq erishishga yordam beradi.
Ikkinchidan, Ular shaxsiy chegaralarni belgilaydi. Bu esa boshqalar bilan bo'lgan munosabatlarda hurmat va o'zaro tushunishni oshiradi.
Steve Jobs bir intervyusida aytgan edi: Diqqatni jamlash, ya'ni fokus qilish bu yo'q deyishdir. Inson biror sohada muvaffaqiyatli bo'lish uchun, sh unarsaga bor dqqatini qaratishi kerak. Bu esa shu diqqatni jamlashga halal beradigan narsalardan voz kechishni talab etadi. Demak yo'q deyish muvaffaqiyatning insonlarning ko'nikmalaridan hisoblanar ekan.
Yaxshi, nazariya tushunarli. Endi amaliyotga o'tamiz. Biz Ijobiy yo'qning kuchi(The power of positive no) kitobi muallifi keltirib o'tgan 3 ta bosqichga to'xtalamiz.
- Uncover Your "Yes" (O'zingizning "Ha"yingizni Toping) "Yo'q" deyishdan oldin, o'zingizning "Ha"yingiz nimaga ekanligini anglab oling. Sizning asosiy qadriyatlaringiz, maqsadlaringiz va ustuvor vazifalaringiz nima? Agar siz o'z yo'lingizni bilsangiz, unga zid bo'lgan har qanday so'rovga "yo'q" deyish osonlashadi.
- Empower Your "No" (''Yo'q''ingizni Kuchaytiring) "Yo'q" deyishni mashq qiling. Buni darrov og'ir vaziyatlarda emas, balki kichik holatlardan boshlang. Misol uchun:
"Rahmat, bu safar vaqtim yo'q, lekin keyingi safar qo'shilaman." "Rahmat, ammo men bu vazifani o'z zimmamga ololmayman." O'z qadriyatlaringiz, o'z prinsiplaringizga turib bering, tez yo'q deyishni va sekin ha deyishni mashq qiling.
- Respect Your Way to "Yes" (''Ha''ga Yana Bir Bora Qayting) Esingizda bo'lsin, "yo'q" deyish - bu o'z-o'ziga hurmat. Agar siz do'stingizning iltimosini rad etsangiz, unga buning sababini tushuntiring. Shunda "yo'q" so'zi hurmatsizlik emas, balki o'z vaqt va energiyangizga bo'lgan hurmat sifatida qabul qilinadi. Sizning yo'q deyish formulangiz ha bilan boshlanib, ha bilan tugasin:
Birinchi ha - muhim narslalarni tanlash Yo'q - ularga zid bo'lgan qarorlarni, takliflarni inkor qilish Ikkinchi ha - taklif va iltimos uchun alternativ.
Endi mashq qilamiz:
- meni uy vazifamga yordam berib yuboring
- (hozir ishga ketishingiz kerak - sizning ilk ha ingiz), yo'q( ishga kechga qolishni istamaysiz, hurmatingizni tushiradi), ha(nima taklif qila olasiz o'rniga?)
- hozir ishga kech qolishim mumkin, undan ko'ra vazifangizni rasmga olib yuborib qo'ying, tushlik vaqti qarab beraman).
Demak, Xulosa qiladigan bo'lsak, "yo'q" deyish shunchaki bir so'z emas. Bu o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish, shaxsiy chegaralarni belgilash va vaqtni samarali boshqarish san'ati. Bu qobiliyat sizga hayotingizda muhim bo'lgan narsalarga "Ha" deyish uchun imkoniyat yaratadi. "Yo'q" deyish qiyin bo'lishi mumkin, ammo bu erkinlikka olib boradi.
Unutmang, hayotdagi muvaffaqiyatimizning ko'p qismi, ya'ni 80%i bizning eng muhim 20% harakatlarimiz natijasidir. Boshqa harakatlarga "yo'q" deya olganimizda esa biz o'sha 20%ga e'tibor qarata olamiz.
Bu nisbat Paretto qonuni, ya'ni 80/20 qoidasi deb ataladi. Paretto qonuni bilan ha 'laringinzi aniqlab oling, shunda yo'q deyishingiz osonlashadi. BUni qanday qilishni havola orqali o'tib, to'liq videoda ko'rib olishingiz mumkin. Ko'rishguncha salomat bo'ling.
