Hook:
Bolaning muvaffaqiyatini qanday tahmin qilish mumkin? Oddiygina test bilan. Marshmallow testi haqida gaplashamiz.
Intro:
Salom, bugun siz bilan o’sha mashhur Marshmallow yohud zefir testi haqida gaplashamiz: uning kelib chiqishi, o’tkazilishi, natijalar va undan qanday xulosalar olishimiz mumkin. Videoni ohirigacha ko’ring, sizga yoqishi aniq.
Point 1:
Xo’sh, o’zi marshmallow testi nima va nega aynan shu nomda?
1960-yilda Stanford professori Walter Mischel bir qancha muhim psixologik tajribalar o’tkazishni boshlashdi. Izlanishlar davomida Mischel va uning jamoasi yuzga yaqin bolalar bilan ishlashdi - ulardan ko’pi 4-5 yoshlar atrofida edilar. Mischel bolalar kelajagini ularning kichkinalik vaqtidagi shaxsiyatlari bilan bog’liqligini o’rganmoqchi edi.
Shunday tajribalarning birida Mischel va jamoasi bolakaylarni yolg’iz xonada stol ustida birgina marshmallow ya’ni zefir bilan 15 daqiqaga yolg’iz qoldirishar, agar bolalar tarbiyachini shu vaqt ichida kutsa, ularga 2-zefir qo’shib berilar edi. Agar bola bitta zefirni yeb qo’ysa, yoki tarbiyachini chaqirsa, ikkinchi zefirdan mahrum bo’lar edi. Shundan so’ng bu test zefir yoki marshmallow testi deb nom olgan,
Point 2:
Tajriba davomida yolg’iz qolgan bolalarning ko’pi tarbiyachi chiqib ketishi bilanoq zefirni yeb qo’yishdi, ba’zilari esa ko’zlarini berikitib olishdi, stullarini o’ynashdi, lekin baribir xitobga chiday olishmadi.Faqatgina sanoqlilar bu testdan muvaffaqiyatli o’tishdi. Bu testning mashhurligi marshmallow sababidan emas edi, eng muhimini eshiting.
Yillar davomida bolakaylar kuzatuvda bo’ldi. Va kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, vaqtinchalik zavqni ortga surib, 2-zefirga ega bo’lgan bolakaylar, keyinchalik SAT dan eng yuqori ko’rsatgichlarni qayd etishdi. Jinoyatchilikdan uzoqda bo’lishdi, ularda semizlik darajasi pastroq bo’ldi, stressga chidamliroq bo’lishdi va ijtimoiy munosabatlari ham yaxshiligi ayon bo’ldi.
Point 3:
Biroq tajribadan keyin turli xil muhokamalar boshlandi, ya’ni bir insonning vaqtinchalik xohishlarini surib, muvaffaqiyatga intilishi tug’ma qobiliyatmi yoki shakllanadigan ko’nikma.
Bu savolga aniqlik kiritish uchun Rokester universtiteti bu tadqiqotni takrorlashdi. Faqat bu gal ular Mischeldan farqli o’laroq, bolalarni 2 guruhga bo’lishdi:
- 1-guruhga testdan avval tarbiyachini kutsa, unga shirinliklar berilishi va’da qilindi. Lekin va’da bajarilmadi.
- 2-guruhga esa berilgan va’dalari bajarildi.
Shunda ma’lum bo’ldiki, 1-guruh ishonchi oqlanmagani sabab, tezgina zefirni yeb qo’yishdi, va’dasi bajarilgan bolakaylar esa aytilgan vaqtdan orti’gi bilan sabr qildilar.
Conclusion:
Endi xulosa qilamiz. Demak insonni vaqtinchalik xohishlarini ortga surib, uzoq vaqtlik muvaffaqiyatga harakat qilishi u o’sgan muhit bilan uzviy bog’liq. Bu ko’nikma keyinchalik shaxsiy moliyani boshqarishda, ilm olishda va boshqa jabhalarda o’ta muhim hisoblanadi.
Lekin bolaligida ishonsa bo’ladigan muhitga ega bo’lmagan insonlar ham ustida ishlab, o’zida ko’nikmani shakllantirish mumkin.
Buning uchun avvalo muhitga e’tiborli bo’lish kerak. Keyin esa miyamizni kichik narsalar bilan shug’ullantirsak bo’ladi.
Aytaylik, shu masalani yechaman va bitta shirinlik yeyman.
Ertalab vaqtli uyg’onaman va yoqtirgan qahvamni ichaman kabi.
Muhimi doimiylik va siz uddalashingizga ishonamiz.
Outro:
Vaa agar video sizga yoqqan bo’lsa, kanalimizga obuna bo’lishni va videolarimizga like bosishni unutmang, keyingi videolarda ko’rishguncha, salomat bo’ling.
