Danning-Kruger Effekti
Hook: Rostan bilasizmi yoki shunchaki bilmasligingizni bilmaysiz? Danning Kruger effekti haqida gaplashamiz.
Intro:
Salom, bugun bilmasligimizni bilmasligimiz haqida, ya'ni danning kruger effekti haqida gaplashamiz. Videoni ohirigacha tomosha qiling, foydali bo'lishi aniq.
1-sahna
1995-yil 19-aprel. Makartur Uiler ismli odam bank o‘g‘irlashga qaror qiladi. U yuziga limon sharbati surtib oldi. Limon sharbatida yozilgan yozuv qog‘ozda ko‘rinmaydi – “demak, kamerada ham ko‘rinmaydi deb o’ylaydi u.
2-sahna
Ammo politsiya uning yuzini bemalol kameradan ko‘rib oldi. Kechki yangiliklarda videoni e’lon qilishdi va oradan ko‘p o‘tmay Uiler hibsga olindi. U hayratdan faqat bitta gap ayta oldi:
“Qanday qilib? Axir yuzimni sharbat bilan yoplagandim-ku!”
3-sahna
Bu voqea ikki psixolog – Devid Danning va Jastin Krugerni qiziqtirdi. Ular ro’y bergan hodisani o‘rganib chiqib, shunday xulosaga kelishdi:
Qobiliyati past odamlar ko‘pincha o‘zlarini ortiqcha baholaydi. Chunki ular nimani bilmasligini ham bilishmaydi. Shu kognitiv xatolik tarixda Danning-Kruger effekti deb qoldi.
4-sahna
Endi shu Danning Kruger effektini grafik orqali ko‘rib chiqaylik. O‘qish yoki yangi bilimni boshlagan odam, odatda, ozgina narsani o‘rganishi bilan “hammasini bilaman” degan fikrga keladi. Bu bosqich “soxta ustalik” deb ataladi.
Keyinroq bilim oshgani sayin odam hamma narsa ham ko’ringanidek oddiy emasligini anglaydi. Ishonchi pasayadi, hatto o‘zini “hech narsani bilmayman” deb o‘ylaydi.
Faqat o‘rganishni davom ettirganlargina asta-sekin bilim va tajriba orttirib, qaytadan sog‘lom ishonchga ega bo‘ladi.
5-sahna
Keling, oddiy hayotiy vaziyatni ko‘raylik:
– Oddiy odam: kam narsani biladi, lekin baland ovozda va ishonch bilan gapiradi.
– O‘quvchi: ko‘proq biladi, ammo o‘ziga ishonmaydi, shuning uchun jim turadi.
– Ustoz: bilimli va tajribali, lekin masalaning murakkabligini bilganidan ehtiyotkorlik bilan gapiradi.
Natijada esa, o’ziga ishonib gapirgan odam hatto yetarli bilimi bo’lmasa ham atrofidagilarga haqdek tuyuladi.
6-sahna
Tadqiqotlar ham insonlarning o’z qobiliyatlarini boridan ortiqcha baholab yuborishlarini ko’rsatadi. Bu millatlarga va ularning madaniyatlariga ham bog’liq ekan. Masalan:
– AQShda haydovchilarning 93 foizi o‘zini “o‘rtachadan yaxshi” deb hisoblaydi.
– Shvetsiyada bu raqam 69 foiz.
– Yaponiyada esa odamlar o‘zini ataylab pastroq baholaydi, chunki ular kamchilikni imkoniyat sifatida ko‘rishadi.
7-sahna
Umuman olganda, o‘rganish yo‘li hech qachon oson bo’lmagan. Dastlab oddiydek ko‘rinadi, keyin esa nina bilan quduq qazishdek gap ekani ma’lum bo’ladi. Ammo sabr qilgan va yo’lni ohirigacha borgan odam oxir-oqibat o’z maqsadiga erishadi.
Chunki haqiqiy donolik – Suqrot aytganidek – “Men bilaman, chunki men hech narsa bilmasligimni bilaman” degan haqiqatni anglashdir.
8-sahna:
Shunday qilib, Danning Kruger effekti bir kishini o’z qobiliyatlari haqida yolg’on tushunchaga ega bo’lishi va o’zini ortiqcha baholashi to’g’risida. Ilm olish mashaqqatli yo’l, lekin bu yo’lni birgalikda yengillashtirishga harakat qilamiz. Buning uchun kanalimizga obuna bo’lib qo’ying, va izohlarda bizni qo’llab-quvvatlashni unutmang. Keyingi videolarda ko’rishguncha, salomat bo’ling.
